Bugun
50
O'zbek

Isko Chempionlar ligasida o‘ziga xos rekord o‘rnatdi

Futbol
9 sentabr, 02:00
Ispaniyalik yarimhimoyachi turnir tarixida bir mamlakatning besh xil klubida o‘ynagan ilk futbolchiga aylandi.
Isko Chempionlar ligasida o‘ziga xos rekord o‘rnatdi
Foto: Getty Images
08.09.2026 FT Chempionlar ligasi Lille Lille 2 : 3 Betis Betis

«Betis»ning hujumkor yarimhimoyachisi Isko Chempionlar ligasining 1-turida «Lill»ga qarshi bahsda maydonga tushdi. Ispaniyalik futbolchi turnir tarixidagi o‘ziga xos rekord muallifiga aylandi.

Jurnalist Aleksis Martin-Tamayo, ya’ni Mister Chip ma’lumotiga ko‘ra, Isko Chempionlar ligasida bir mamlakatning besh xil klubida o‘ynagan tarixdagi ilk futbolchi bo‘ldi.

Isko avval turnirda Ispaniyaning «Valensiya», «Malaga», «Real», «Sevilya» va «Betis» jamoalari safida ishtirok etgan.

Ma'lumot uchun, Chempionlar ligasida bir mamlakatning to‘rtta klubida o‘ynagan futbolchilar qatorida Ernan Krespo, Stefan Dalma, Hatem Ben Arfa, Burak Yilmaz va Rahim Sterling bor.

Eslatib o'tamiz, «Betis» safarda «Lill»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lille Lille
  • Betis Betis
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar