Live
35
O'zbek

Mourinio: «Real» futbolchilari toza va sodda edi, «Betis» a’zolari esa ayyorroq chiqdi»

Futbol
5 sentabr, 06:46
    35+
Madrid klubi ustozi «qaymoqranglilar» va raqib futbolchilarining harakatlariga to‘xtaldi.
Mourinio: «Real» futbolchilari toza va sodda edi, «Betis» a’zolari esa ayyorroq chiqdi»
Foto: Gettyimages

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinio «qaymoqranglilar» va «Betis» futbolchilarining La Liga 4-turi doirasidagi bahsdagi (1:0) harakatlariga to‘xtaldi.

«Betis» futbolchilari ayyorroq va bu borada «Real» vakillarini ortda qoldiradi. «Real» futbolchilari toza va sodda. Bizning futbolchilar foldan keyin ham oyoqqa turib, o‘yinni davom ettiradi, «Betis» a’zolari esa bunday vaziyatga o‘zgacha yondashadilar.

Nima uchun men soddalik haqida gapiryapman? Aytmoqchimanki, «Betis» futbolchilari har bir vaziyatda hakamdan maksimal foyda chiqarishga harakat qilmoqda. Birinchi daqiqadayoq Valverdening oyog‘ini bosib ketishdi, ammo u darhol o‘rnidan turib, «Real» sardoriga yarashadigan ravishda o‘zini tutdi. Shunga o‘xshash vaziyat raqib a’zosi bilan ham shundoqqina oldimda yuz berdi, bilasizmi, uni tez yordam mashinasisiz oyoqqa turishi imkonsiz deb o‘yladim», — dedi Mourinio matbuot anjumanida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Betis Betis
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

35+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar