Angliya Premyer-ligasining 3-turida «Nyukasl» o‘z maydonida «Bornmut»ni qabul qildi. «Sent-Jeyms Park» stadionida kechgan bahs 2:2 hisobida yakunlandi.
Mehmonlar 9-daqiqada Markus Tavenye gol urishi orqali hisobni ochdi. 35-daqiqada «Nyukasl» himoyachisi Malek Shau to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.
«Nyukasl» 37-daqiqada Harvi Barnsning goli evaziga farqni qisqartirdi. 88-daqiqada Jeykob Remsi hisobni tenglashtirib, mezbonlarga bir ochko olib berdi.
Ushbu natijadan so‘ng «Nyukasl» 3 turda 5 ochko jamg‘ardi. «Bornmut» esa 2 ochko bilan qoldi.
APL. 3-tur
Nyukasl — Bornmut 2:2
Gollar: Tavenye 9, Shau (avtogol) 35, Barns 37, Remsi 88.
Nyukasl: Gornichek, Dedich, Tiav, Botman, Holl, Gonsales, Mayli, Elanga, Villok, Barns, Vissa.
Bornmut: Petrovich, Smit, Hill, Silva, Tryuffer, Adams, Skott, Rayan, Klyuyvert, Tavenye, Evanilson.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi