Live
23
O'zbek

Flik «Barselona»ning besh sardorini ma’lum qildi

Futbol
5 sentabr, 09:20
Kataloniya klubida jamoa sardori Rafinya bo‘ladi, undan keyingi o‘rinlarni yana to‘rt futbolchi egallaydi.
Flik «Barselona»ning besh sardorini ma’lum qildi
Foto: Getty Images
06.09.2026, 10:15 Ispaniya La Ligasi Valensia Valensia - : - Barselona Barselona

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik 2026/27 yilgi mavsum uchun jamoaning sardorlari beshligini ma’lum qildi. Bu haqda AS uning so‘zlarini keltirdi.

«Men bu yerda ikki yildan beri ishlayapman va jamoani yaxshiroq bilaman. Rafinya va Pedrini sardor qilishga qaror qildim, kiyinish xonasida esa Lamin, Erik Garsiya va de Yong uchun ovoz berishdi», — dedi Flik.

Shu tariqa, Rafinya jamoaning birinchi sardori, Pedri ikkinchi, Erik Garsiya uchinchi, Frenki de Yong to‘rtinchi, Lamin Yamal esa beshinchi sardor etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, 6 sentyabr kuni «Barselona» La Liganing 4-turida safarda «Valensiya»ga qarshi bahs o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Valensia Valensia
  • Barselona Barselona
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar