Bugun
215
O'zbek

Yamal «Barselona» mashg‘ulotini o‘tkazib yubordi

Futbol
5 sentabr, 05:36
Kataloniyaliklar vingeri «Valensiya»ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Yamal «Barselona» mashg‘ulotini o‘tkazib yubordi
Foto: Gettyimages

«Barselona»ning 19 yoshli vingeri Lamin Yamal Ispaniya chempionati navbatdagi tur o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin.

Jurnalist Alfredo Martinesning xabar berishicha, Yamal «Barselona»ning navbatdagi mashg‘ulotini o‘tkazib yuborgan. Futbolchi nima sababdan safda emasligi hozircha noma’lum.

La Liga yangi mavsumida Yamal 3 ta o‘yinda 2 ta gol urdi.

Ma’lumot uchun, Hansi Flik shogirdlari yakshanba, 6 sentyabr kuni mamlakat chempionati doirasida safarda «Valensiya» bilan ro‘baro‘ keladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar