Fransiyaning «PSJ» klubi bosh murabbiyi Luis Enrike Liga 1 3-turida «Monako»ga qarshi bahsdagi natija haqida fikr bildirdi.
«Men buni doim takrorlayman: mag‘lub bo‘lgan murabbiy bu yerda, matbuot anjumanida bo‘lmasligi kerak. Bu murabbiylar uchun eng og‘ir lahza, ammo men kulaman. Bu murabbiy sifatidagi mening mas’uliyatim. Agar bahs haqida gapirishimni istasangiz, shuni aytaman: ko‘rganlarim menga yoqdi.
Bu mavsumning boshlanishi, albatta, biz hali o‘z darajamizda emasmiz, ammo ko‘plab ijobiy jihatlarni ko‘rdim. Men uchun biz g‘alabaga loyiq bo‘lganimiz mutlaqo aniq. Kutilgan gollar (xG) ko‘rsatkichi ham yaqqol bizning foydamizda edi, ammo futbol shunaqa va bu uning go‘zalligi!» — deya Enrikening o‘yindan keyingi flesh-intervyusidagi so‘zlarini ParisSG INFOS X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida keltirdi.
«PSJ» Liga 1 turnir jadvalida 3-turdan so‘ng 2 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.