«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Fransiya chempionati doirasidagi «Monako»ga qarshi o‘yin (1:2)dan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Ko‘rganlarimdan mamnunman. Bu mavsumning endigina boshlanishi va biz hali o‘z darajamizda emasmiz. Lekin ko‘plab ijobiy jihatlarni ko‘rdim.
Men uchun aniqki, biz g‘alabaga loyiq edik. Birgina xG ko‘rsatkichiga qarashning o‘zi yetarli. Biroq futbol shunday va bu ajoyib sport turi.
Natijani qanday tushuntirishim mumkin? Futbolni ba’zida tushuntirib bo‘lmaydi. Men futbolchilarning mentalitetini alohida ta’kidlamoqchiman. Bu qiziqarli chempionat bo‘ladi. Biz kelajakka tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak», — dedi Enrike.
Ma’lumot o‘rnida, «PSJ» chempionatning keyingi turida safarda «Brest»ga qarshi o‘ynaydi.