«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio La Liga 4-tur doirasidagi «Betis»ga qarshi uchrashuv (0:1) haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Menimcha, jamoa kuchli o‘yin o‘tkazdi. Ba’zida mag‘lub bo‘lasan va sababini tushunmaysan, buni qanday izohlashni bilmaysan.
Biz katta ustunlikka ega bo‘ldik. Markaziy himoyachilar a’lo darajada harakat qildi, ular maydondagi barcha jarayonni nazorat qildi. Hujumda ko‘plab kombinatsiyalar va gol urish uchun vaziyatlar yaratdik.
Agar uchrashuv durang bilan yakunlanganida ham xafa bo‘lardik, chunki biz ko‘proq ish qildik. Mag‘lubiyatdan keyingi holatimizni tasavvur qiling.
Karlos Espi fantastik zarba berdi. Balki o‘sha vaziyatda ofsayd bo‘lgandir, balki yo‘q. Lekin u o‘z vazifasini bajardi. Uning salohiyati juda katta va u rivojlanishda davom etadi. Men bu futbolchidan juda mamnunman.
O‘yindagi bahsli vaziyatlar? Men ularni batafsil o‘rganmadim. Ularni kiyinish xonasida ham ko‘rib chiqmadi, shuning uchun baho bera olmayman», — deya Mourinioning so‘zlarini keltirdi Marca.
La Liganing 4-turidan so‘ng «Betis» 9 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Mourinio shogirdlari ham 9 ochko jamg‘argan, ammo qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga 2-o‘rinni egallab turibdi.