“Milan” yarimhimoyachisi Luka Modrich “An Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.
— Yana bir 41 yoshli futbolchi, senga sobiq jamoadosh va doʻst boʻlgan Krishtianu bor. Uni yaxshi bilganing uchun, uning 1000 ta gol urishiga ishonching komilmi? Marraga atigi 22 ta gol qoldi va u rasmiy oʻyinlarda 1000 ta gol urgan tarixdagi yagona futbolchi boʻladi.
— Krishtianu — aqlbovar qilmas darajadagi futbolchi, fenomen, monstr. Ushbu natijaga erishishiga hech qanday shubham yoʻq. U erishganʼ barcha yutuqlar, hozir ham qilayotgan ishlari va har bir oʻyinda bor kuchini berib harakat qilayotgani tahsinga loyiq.
“Real”da birga qilgan ishlarimiz va erishgan yutuqlarimiz uchun unga alohida mehr bilan qarayman. Ushbu natijaga imkon qadar tezroq erishishiga umid qilaman.
Uning oldida kamida yana bir yil bor va aytganimdek, u albatta bu marraga yetadi. Bu — aqlbovar qilmas natija. U yana qancha vaqt futbol oʻynashni xohlashini bilmayman, ammo hatto 50 yoshigacha oʻynashni istasa ham, gol urishda davom etadi.
Uning gol urish qobiliyati, ayniqsa, xarakteri, oʻziga boʻlgan ishonchi va qatʼiyati meni hayratda qoldiradi, — dedi Modrich AS nashri bilan intervyuda.
Oldinroq Lukaning “Oltin toʻp”ni qoʻlga kiritgani borasida fikrlari berilgandi.
Modrich: “Ronaldu istasa, 50 yoshida ham gol urishda davom etadi”
Futbol
4 sentabr, 03:41
4
“Milan” yarimhimoyachisi sobiq jamoadoshining xarakteri va uning 1000 ta gol ura olishi borasida gapirdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi