Bugun
36
O'zbek

“Andijon” Turkiyadagi mehmonxonadan qarzi yoʻqligini maʼlum qildi

Futbol
4 sentabr, 02:15
Klub allaqachon toʻlovlarni amalga oshirgan.
“Andijon” Turkiyadagi mehmonxonadan qarzi yoʻqligini maʼlum qildi
Foto: Andijon FC

“Andijon” klubi Turkiyadagi yigʻin davomida qolib ketgan qarzlari allaqachon toʻlangani haqida xabar berdi.

“Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda «Andijon” futbol klubining joriy yil qishki tayyorgarlik yigʻinini Turkiyaning Antaliya shahrida oʻtkazgani hamda yigʻin davomida DILAHAN TURIZM TAS.TIC.LTD.STI. kompaniyasidan qarzdorligi bilan bogʻliq turli maʼlumotlar tarqalmoqda.

“Andijon” futbol klubi mazkur holat yuzasidan shuni maʼlum qiladiki, jamoaning Antaliyadagi oʻquv-mashgʻulot yigʻini davomida yuqorida nomi qayd etilgan kompaniya xizmatlaridan foydalanilgan va ushbu hamkorlik doirasida muayyan moliyaviy majburiyatlar mavjud boʻlgan.

Klub tomonidan allaqachon toʻlovlar belgilangan tartibda toʻliq qoplangan.

“Andijon” futbol klubi oʻz zimmasidagi moliyaviy majburiyatlarga masʼuliyat bilan yondashadi.

Shu munosabat bilan klub ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarni bir tomonlama talqin qilmaslikka, rasmiy manbalarga tayanib fikr bildirishga chaqiradi.

“Andijon” futbol klubi hamkorlar bilan oʻzaro hurmat, ishonch va masʼuliyat tamoyillariga amal qilgan holda oʻz faoliyatini davom ettiradi"
, — deyiladi xabarda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Andijon Andijon
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar