Bugun
36
O'zbek

Nani Qozogʻistondagi 6 bolali oilaga yangi xonadon kalitini topshirdi

Futbol
4 sentabr, 02:37
    10+
Oila shu vaqtgacha ijarada yashar edi.
Nani Qozogʻistondagi 6 bolali oilaga yangi xonadon kalitini topshirdi
Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted” klubi va Portugaliya milliy jamoasi sobiq yarimhimoyachisi Luish Nani Qozogʻistonning Aktobe shahrida 6 nafar farzandi bor, shu vaqtgacha ijarada yashagan koʻp bolali oilaga yangi xonadon sovgʻa qildi. Bu xayriya tadbiri 2 sentyabr kuni boʻlib oʻtdi.

Uy futbolchining shaxsiy mablagʻiga olingani tasdiqlanmagan. Xabarlarda bu ish Qozogʻistondagi “Hareket” xayriya jamgʻarmasining ijtimoiy loyihasi doirasida amalga oshirilgani yozilgan.

Hozirda “Aktobe”da oʻynayotgan 39 yoshli Nani oilaga kalitni shaxsan oʻzi topshirgan.

Luish oʻzining bolalikda kambagʻal oilada katta boʻlganini aytib, ularning quvonchini yaxshi tushunishini bildirgan.

Maʼlumot uchun, futbolchi bu mavsumda Qozogʻiston chempionatida 17 oʻyinda 1 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aktobe Aktobe
  • Qozog‘iston Premer-ligasi Qozog‘iston Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar