AQSH ochiq chempionatining asosiy davrasida qatnashayotgan Mariya Timofeyeva (86-raketka) ikkinchi bosqichda oʻz ishtirokini yakunladi.
Oʻzbekiston vakili ushbu bosqichda jahon tasnif jadvalida 20-pogʻonani egallab turgan belgiyalik Eliza Mertens bilan bahs olib bordi. Ikki set davom etgan bahsda Mertens 6:2, 7:6 hisoblarida gʻalaba qozondi.
Bugun, 4 sentyabrdan uchinchi davra bahslari boshlanadi. Eslatib oʻtamiz, ushbu bosqichda yana bir oʻzbekistonlik Kamilla Rahimova jahonning birinchi raqamli raketkasi, belaruslik Arina Sobolenko bilan bellashadi.
US Open: Mariya Timofeyeva ikkinchi davrada yurishini toʻxtatdi
Tennis
4 sentabr, 03:20
Oʻzbekistonlik tennischi reytingda 20-oʻrinni egallab turgan belgiyalik raqibiga yutqazdi.
Foto: Getty Images