FIFA yozgi transferlar oynasi yakunlarini sarhisob qildi.
Xalqaro futbol federatsiyasi 1 iyundan 2 sentyabrga qadar dunyo boʻylab amalga oshirilgan transferlar boʻyicha maʼlumotlarni eʼlon qildi.
Boshqa mamlakatlardan futbolchilarni sotib olish uchun eng koʻp mablagʻni Angliya klublari sarflagan — 3,02 milliard dollar.
Xarajatlar boʻyicha kuchli oʻnlik:
1. Angliya — 3,02 mlrd dollar.
2. Italiya — 1,1 mlrd.
3. Ispaniya — 940 mln.
4. Germaniya — 904 mln.
5. Fransiya — 641 mln.
6. Turkiya — 514 mln.
7. Saudiya Arabistoni — 407 mln.
8. Portugaliya — 301 mln.
9. Belgiya — 258 mln.
10. Gretsiya — 189 mln.
Transfer oynasi sarhisobi: Angliya klublari boshqa mamlakatlardan eng koʻp oʻyinchi sotib olgan (top-10)
Futbol
4 sentabr, 04:05
Angliya jamoalari transferlar xarajati boʻyicha katta farq bilan birinchi boʻldi.
Foto: Getty Images