“Milan” klubi va Xorvatiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Luka Modrich 2018 yilda qoʻlga kiritgan “Oltin toʻp”i haqida fikr bildirdi.
— Oʻsha davrda sen “Oltin toʻp”ni qoʻlga kiritding. Ronaldu va Messi davrida oxirgi marta 2007 yili “Milan”da Kaka uni yutgandi. 2008 yildan 2017 yilga qadar mukofotni Krishtianu va Leo boʻlishib kelishdi, sen esa ularning hukmronligiga chek qoʻyding. Garchi sen jamoaviy futbolchi boʻlsang-da, individual eʼtirof har bir futbolchining orzusi va hech kim bu sovrinni sendan tortib ololmaydi — sen unga loyiq eding.
— Ha, bu aqlbovar qilmas darajadagi yutuq — futbolda mavjud boʻlgan eng buyuk individual eʼtirof. Undan muhimroq narsa yoʻq. Ayniqsa, Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi kabi ikki buyuk fenomen hukmronlik qilgan davrda uni qoʻlga kiritish, har yili Neymar va Benzema kabi boshqa ajoyib futbolchilar bilan raqobatlashish oson emasdi. Keyinchalik Karim ham bu sovrinni qoʻlga kiritdi.
Uni yutish — men uchun aqlbovar qilmas voqea boʻlgan. “Oltin toʻp” sohiblari roʻyxatiga qarar ekanman, ushbu sovringa ega boʻlganimdan juda xursandman va faxrlanaman.
Bundan tashqari, biz kichik davlatdan ekanligimiz sababli uni qoʻlga kiritish Ispaniya, Italiya, Germaniya yoki Fransiya kabi yirik davlatlar futbolchilariga qaraganda ancha qiyin. Biz ikki barobar koʻproq mehnat qilishimizga toʻgʻri keladi. Shuning uchun bu sovrin bilan yanada koʻproq faxrlanaman. Ammo doim aytaman: eng muhimi — jamoa. Bu hech qachon oʻzgarmaydi.
Bu “Real”da, eng muhimi, Xorvatiya milliy jamoasida ajoyib mavsum oʻtkazganimning yoqimli eʼtirofi boʻlgandi. Bundan juda xursandman, — deydi Modrich AS nashri bilan intervyuda.
“Aqlbovar qilmas voqea” — Modrich Messi va Ronaldu davrida “Oltin toʻp”ni yutgani haqida
Futbol
4 sentabr, 00:28
15+
Xorvatiyalik futbolchi 2018 yilda yutgan individual mukofotining ahamiyati toʻgʻrisida gapirdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi