Ferlan Mendi Chempionlar ligasida kamida qishga qadar oʻynay olmaydi.
UEFA “Real”ning turnir uchun qaydnomasini eʼlon qildi va fransiyalik himoyachi undan oʻrin olmagan.
31 yoshli futbolchi may oyining oʻrtasida son qismidan jarrohlik amaliyotini oʻtkazgan. Uning tiklanishi 4–5 oy davom etishi kutilgandi. Oʻtgan mavsumda Mendi La Ligada atigi 5 ta bahsda ishtirok etgan.
“Real” Chempionlar ligasidagi birinchi oʻyinini 8 sentyabr kuni “Inter”ga qarshi oʻtkazadi.
“Real” Mendini YCHL uchun qaydnomaga kiritmadi
Futbol
4 sentabr, 04:27
31 yoshli himoyachi may oyida operatsiya qilingandi.
Foto: Getty Images