“Barselona” 2025/26 yilgi mavsumda rekord darajada daromad olganini maʼlum qildi.
“Koʻk-anorranglilar” aʼzolarining umumiy yigʻilishi arafasida klub direktorlar kengashi “Barselona” ketma-ket uchinchi mavsumda ham ijobiy operatsion natija qayd etganini maʼlum qildi. “Kamp Nou” stadioni taʼmiri bilan bogʻliq cheklovlar va boshqa qiyinchiliklarga qaramay, yuqori natijaga erishilgan.
Oʻtgan mavsumda kataloniyaliklar rekord darajadagi daromad qayd etishdi — klub tarixida birinchi marta bu koʻrsatkich 1 milliard yevrodan oshdi. Bunda asosiy omil stadiondan foydalanishdan tushgan daromadlarning sezilarli oʻsishi boʻldi.
“Bu «Kamp Nou” toʻliq ishga tushganidan keyin klubning ulkan kelajak salohiyati borligini tasdiqlaydi. Rekord darajadagi daromadlarga hissa qoʻshgan boshqa omillar qatorida homiylik tushumlarining barqaror oʻsishi hamda klubning BLM shoʻba kompaniyasi orqali rasmiy atributika savdosidan rekord darajada aylanma boʻlganini ham taʼkidlash mumkin", — deyiladi klub bayonotida.
“Barselona” oʻtgan mavsumda rekord darajada daromad olganini maʼlum qildi
Futbol
4 sentabr, 01:53
25+
Klub tarixida bu koʻrsatkich ilk bor 1 mlrd dollardan oshdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi