Bugun
22
O'zbek

«Barselona» Kasadoni «Deportivo»ga ijaraga berdi

Futbol
1 sentabr, 23:00
Kataloniya klubi 22 yoshli tayanch yarimhimoyachisining «Deportivo»ga ijaraga berilganini rasman e’lon qildi.
«Barselona» Kasadoni «Deportivo»ga ijaraga berdi
Foto: Getty Images

Ispaniyalik futbolchi La-Korunya klubida bir mavsum ijara asosida o‘ynaydi. Kelishuvda €30 mln evaziga sotib olish opsiyasi ham ko‘zda tutilgan.

Kasado «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2025/26 yilgi mavsumda barcha turnirlarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta assist qayd etdi.

Yarimhimoyachining kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini €18 mln deb baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Deportivo Alaves Deportivo Alaves
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar