Bugun
22
O'zbek

Hvang Xi Chan «Shalke»ga ijara asosida o‘tdi

Futbol
1 sentabr, 23:31
Janubiy Koreya milliy jamoasi hujumchisi «Vulverhempton»dan «Shalke»ga bir mavsumga ijara asosida ko‘chib o‘tdi.
Hvang Xi Chan «Shalke»ga ijara asosida o‘tdi
Foto: Getty Images

30 yoshli futbolchi Gelzenkirxen klubida 2027 yil 30 iyungacha to‘p tepadi. Kelishuvda «Shalke»ning futbolchini €3 mln evaziga sotib olish huquqi ham mavjud.

Hvang Xi Chan «Vulverhempton»ning Premyer-ligadan tushib ketganidan so‘ng jamoani tark etdi. Yangi bosh murabbiy rejalaridan joy olmagan hujumchi faoliyatini yana yuqori darajadagi chempionatda davom ettirishga qaror qilgan.

Janubiy koreyalik futbolchi Bundesligada avval «Hamburg» va «Leyptsig» safida o‘ynagan. U yangi jamoasidagi debyutini navbatdagi turda «Bavariya»ga qarshi o‘tkazishi kutilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Schalke 04 Schalke 04
Bugungi yangiliklar