«Atletiko» vitse-sardori, urugvaylik himoyachi Xose Mariya Ximenes bir mavsumga «Deportivo»ga ijaraga o‘tdi. Kelishuvda futbolchini sotib olish bandi ham mavjud.
Fransiyalik hujumkor yarimhimoyachi Toma Lemar esa bir mavsumni «Elche» safida o‘tkazadi. Uning ijara shartnomasida sotib olish bandi ko‘zda tutilmagan.
31 yoshli Ximenes «Atletiko»ga 2013 yilda «Danubio»dan kelgan. U Madrid klubi safida jami 384 ta uchrashuv o‘tkazib, 14 ta gol va 13 ta assist qayd etgan. Ximenes Koke va Yan Oblakdan keyin jamoaning uchinchi sardori hisoblangan.
30 yoshli Lemar esa 2018 yilda «Monako»dan €72 mln evaziga «Atletiko»ga o‘tgan va o‘sha paytda klub tarixidagi eng qimmat transferga aylangan. O‘tgan mavsumni «Jirona»da ijara asosida o‘tkazgan fransiyalik futbolchi «Atletiko» safida 186 ta o‘yin, 10 ta gol va 19 ta assist qayd etgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi