26 yoshli futbolchi «Vest Hem»dan «Lans»ga bir mavsumlik ijara asosida o‘tdi. Kelishuvda futbolchini sotib olish bandi ko‘zda tutilmagan.
Ma’lumot uchun, Todiboning «Vest Hem» bilan shartnomasi 2029-yilgacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 22 million yevroga baholamoqda.
Fransiyalik himoyachi faoliyati davomida «Nitssa», «Barselona», «Benfika», «Shalke» va «Tuluza» klublarida ham o‘ynagan.
O‘tgan mavsumda Todibo barcha turnirlarda 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan. U 2026-yilgi Jahon chempionati uchun Fransiya milliy jamoasi tarkibiga chaqirilmagan.