BBC jurnalistlari Angliya Premyer-ligasi tarixidagi eng yaxshi zaxira futbolchilar reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan Londonning «Tottenhem» klubida to‘p surgan sobiq hujumchi Jermeyn Defo joy oldi.
Ikkinchi o‘rinni «Arsenal» safidagi o‘yinlari bilan tanilgan nigeriyalik Nvankvo Kanu egalladi. Kuchli uchlikka esa «Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Ole-Gunnar Sulsher yakun yasadi.
To‘rtinchi pog‘onadan «Manchester Siti» safida o‘ynagan bosniyalik hujumchi Edin Jeko joy oldi. Beshinchi o‘rinni esa «Manchester Yunayted» va «Vest Hem» klublarida to‘p surgan meksikalik Xaver Ernandes egalladi.
Ma’lumot uchun, reytingni tuzishda zaxiradan maydonga tushgan futbolchilarning urgan gollari, shuningdek, ushbu gollar va golli uzatmalarning umumiy natijalardagi ulushi hisobga olingan.