«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoasining «Everton» maydonidagi so‘nggi natijalarini eshitib, hayratini yashira olmadi. Londonliklar 2017-yildan buyon Premyer-liga doirasida Liverpul klubiga qarshi safarda o‘tkazgan to‘qqizta bahsda bor-yo‘g‘i ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.
«Rostdanmi? Bu ko‘rsatkichni yaxshilay olishimizga ishonaman. Hozir statistikani o‘zgartirish uchun yaxshi imkoniyatimiz bor», — deya Alonsoning so‘zlarini jurnalist Dom Smit keltirmoqda.
Ma’lumot uchun, «Chelsi» «Everton»ning uy stadionida o‘tkazilgan so‘nggi to‘qqizta bahsda faqat bir marta g‘alaba qozongan.
Eslatib o‘tamiz, jamoalar 17-oktyabr kuni Angliya Premyer-ligasining yettinchi turi doirasida yana to‘qnash keladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanishi belgilangan.