Bugun, 17 oktabr kuni Qozog‘istonning Aktau shahrida dzyudo bo‘yicha «Aktau Asian Open 2026» turniri boshlanadi. Musobaqada O‘zbekiston vakillari ham medallar uchun bahs olib boradi.
Ah amiyatlisi, ushbu turnirda Parij–2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Diyora Keldiyorova ham ishtirok etadi. Hamyurtimiz ikki yillik tanaffusdan so‘ng yana tatamiga chiqadi.
Keldiyorova avvalgidek −52 kg vazn toifasida kurash olib boradi. Shu tariqa, Aktau-dagi musobaqa Olimpiya chempionining tanaffusdan keyingi ilk turniri bo‘ladi. U medallar uchun bahsni o‘zi Olimpiya oltinini qo‘lga kiritgan vazn toifasida davom ettiradi.
Diyoradan tashqari, O‘zbekiston milliy jamoasining boshqa a’zolari ham turnirda o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazadi. Ushbu musobaqada yurtimizdan jami 25 nafar dzyudochi qatnashadi.
Ma’lumot o‘rnida, bugun start oladigan «Aktau Asian Open 2026» turniri 18 oktabr kuni yakunlanadi.
Manba: O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi