Live
3
O'zbek

Demetrius Johnson UFC rahbariyatini ikkiyuzlamachilikda aybladi

MMA
16 oktabr, 23:25
UFC sobiq chempioni tashkilotning jangchilarga munosabatini keskin tanqid qildi.
Demetrius Johnson UFC rahbariyatini ikkiyuzlamachilikda aybladi
Foto: Getty Images

UFC Shon-shuhrat zali aʼzosi, eng yengil vaznda UFC va ONE Championship sobiq chempioni Demetrius Johnson tashkilotning jangchilarga munosabatini keskin tanqid qildi.

«Dana Uayt avval ligada eng kuchlilar bo‘lishi kerakligini aytgan. Endi esa ularni tomoshabop emas deyapti.

Agar jangchi g‘alaba qozonishda davom etsa, u ligada qolishi kerak. Lekin UFC sen foyda keltirmasang, g‘alaba qilayotgan bo‘lsang ham sendan voz kechishi mumkin.

Ular ikkiyuzlamachi: bir narsani aytib, butunlay teskarisini qilishadi. Men UFC sotayotgan mahsuloti haqida ochiq va halol gapirishini istayman.

Eng kuchli sportchilarni qo‘yib yubormoqchi bo‘lsangiz, tarkibingizda eng yaxshilar bo‘lishini va’da qilmang.

Sportda g‘alaba qilayotgan jangchi ko‘proq haq olishi va ligada qolish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak», — deya Johnsonning so‘zlarini keltiradi MMAJunkie.

Avvalroq Nursulton Ro‘ziboyevni mag‘lub etgan Peyj UFC reytinglaridan chiqarilgani ma’lum qilingandi.

Bugungi yangiliklar