Live
4
O'zbek

Mourinio: «Men yangi futbolchilarni xohlamayman»

Futbol
17 oktabr, 05:30
«Real» bosh murabbiyi qishki transfer oynasida yangi o‘yinchilarni sotib olishni so‘ramasligini bildirdi.
Mourinio: «Men yangi futbolchilarni xohlamayman»
Foto: Getty Images
18.10.2026, 15:00 Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid - : - Sevilya Sevilya

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinio jamoaning hozirgi tarkibidan mamnun ekanini va qishki transfer oynasida yangi futbolchilarni xarid qilishni talab qilmasligini ma’lum qildi.

«Men yangi futbolchilar bilan shartnoma imzolashni so‘ramayapman, hozirgi tarkibdan mamnunman. Futbolchilar rivojlanmoqda, ayniqsa, buning uchun vaqt va dam olish imkoniyati bo‘lsa. Mening vazifam — ularning o‘sishiga yordam berish.

Men rahbariyatdan doim futbolchilarni sotib olishni so‘rab yuradigan murabbiylardan emasman. Tarkib ixcham bo‘lishini afzal ko‘raman. Agar rahbariyat biror variantni ko‘rib chiqsa, uni baholaymiz. Biroq yangi futbolchilarni olib kelish tashabbusi bilan o‘zim chiqmayman. Men yangi o‘yinchilarni xohlamayman», — deya Mourinioning so‘zlarini Sport.es nashri keltirmoqda.

Ma’lumot uchun, «Real» La Liga turnir jadvalida 8-turdan so'ng 18 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Sevilya Sevilya
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar