«Barselona» «Bornmut» hujumchisi Eli Junior Krupini transfer qilishga harakat qilgan. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kataloniyaliklar o‘tgan yozda Krupi bo‘yicha «Bornmut»ga ikki marta taklif yuborgan, ammo har ikkisi ham rad etilgan. Shunga qaramay, «Barselona» 2027-yilda yosh iqtidorni o‘z safiga qo‘shib olish masalasiga yana qaytishi mumkin.
Hozirda futbolchi jiddiy jarohatidan keyin maydonga qaytish arafasida. Xabarlarga ko‘ra, «Bornmut» o‘tgan yozda o‘z hujumchisining transfer qiymatini 100 million yevrodan yuqori baholagan.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu mavsumda 20 yoshli fransiyalik forvard biror marta ham maydonga tushmagan. Uning klub bilan shartnomasi 2030-yilgacha amal qiladi.
Transfermarkt portali futbolchining transfer narxini 70 million yevro deb baholamoqda. Avvalroq «Real» Eli Junior Krupiga ko‘z tikgani ma’lum qilingandi.