Angliyaning «Bornmut» klubi hujumchisi Eli Junior Krupi Madridning «Real» klubi diqqat markazida bo‘lib turibdi.
19 yoshli futbolchini, avvalroq xabar berilganidek, Premer-liganing katta klublari diqqat bilan kuzatmoqda. Bundan tashqari xorijning top jamoalari ham Krupini ko‘z ostiga olib qo‘ygan.
Jurnalist Ekrem Konurning ma’lumotiga ko‘ra, iqtidorli fransuzga "Real" ham da’vogarlardan biri. "Bornmut" forvardini sotish orqali taxminan 63-69 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.
Transfermarkt portali Krupining aktual narxini 40 million yevroga baholamoqda.
Ushbu mavsum futbolchi APLning 27 o‘yinda 10 ta gol urgan.