«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik jamoa ichidagi muhit va futbolchilarning unga bo‘lgan munosabati haqida gapirdi.
«Ko‘pchilik sodir bo‘layotgan voqealar haqida fikr bildirmoqda. Ular orasida sobiq professional futbolchilar ham, hech qachon futbolchi bo‘lmagan insonlar ham bor. Lekin bu ularning klubdagi vaziyatni haqiqatan ham tushunishini anglatmaydi.
Men sizga haqiqatni aytyapman: futbolchilar menga to‘liq ishonadi. Begona insonlarning gaplari har doim ham haqiqatga mos kelavermaydi.
Biz har kuni shu vaziyatning ichida bo‘lamiz, sodir bo‘layotgan voqealarni o‘zimizdan o‘tkazamiz va ularga jiddiy munosabat bildiramiz. Ba’zan kimdir ortiqcha gapirib yuborishi yoki fikrini bildirish uchun nomaqbul vaqtni tanlashi mumkin. Biroq bu oldinga harakat qilishimizga, qurayotgan jamoamiz ustida ishlashimizga va jamoaviy ruhni saqlab qolishimizga xalaqit bermaydi.
Sizga kafolat beraman, tashqaridan bo‘layotgan gap-so‘zlar futbolchilarga ta’sir qilmayapti. Jamoaning holati yaxshi, yigitlardan mamnunman», — dedi Kerrik.
Ma’lumot o‘rnida, APLning olti turidan keyin «qizil iblislar» turnir jadvalida 6 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda. Jamoa keyingi uchrashuvni 18 oktabr kuni safarda «Lids»ga qarshi o‘tkazadi.
Avvalroq Lisandro Martines «Atletiko»ga qarshi bahsdagi mag‘lubiyatdan keyin jamoaning ahvoli haqida keskin fikrlar bildirgandi.