Mixail Mudrik “Tottenhem”ga oʻtdi.
“Taqachilar” Ukraina milliy jamoasining vingerini mavsum oxiriga qadar ijaraga olganini eʼlon qildi.
“Tottenhem”da Mudrikni 75 million funt sterling evaziga sotib olish imkoniyati ham bor.
Eslatib oʻtamiz, dopingga qarshi qoidalarni buzgani uchun diskvalifikatsiya qilingan Mudrik 2024 yildan beri rasmiy oʻyinlarda maydonga tushmagan.
Maʼlumot oʻrnida, “Tottenhem” bosh murabbiyi Roberto de Zerbi 25 yoshli futbolchi bilan “Shaxtyor”da ham birga ishlagan.
Mudrik “Tottenhem” futbolchisiga aylandi
Futbol
1 sentabr, 17:41
“Taqachilar” “Chelsi” vingerini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishdi.
Foto: Tottenham Hotspur
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi