Live
10
O'zbek

“Bayer” Due transferini eʼlon qildi

Futbol
1 sentabr, 15:03
Ivuarlik himoyachi Fransiya klubidan leverkuzenliklar safiga oʻtdi.
“Bayer” Due transferini eʼlon qildi
Foto: Bayer 04

“Strasburg”ning oʻng qanot himoyachisi Gela Due “Bayer” futbolchisiga aylandi.

Kot-dʻIvuar milliy jamoasining 23 yoshli futbolchisi leayerkuzenliklar bilan 2031 yil yoziga qadar shartnoma imzoladi.

Transfer qiymati 37,5 million yevroni tashkil etdi.

Gela “PSJ” vingeri Dezire Duening akasi hisoblanadi.

Due oʻtgan mavsumda Fransiya chempionatida 24 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan. 2026 yilgi Jahon chempionatida esa 4 ta bahsda maydonga tushdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bayer Bayer
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar