Bugun
15
O'zbek

«Benfika» «Man Siti» bilan yarimhimoyachi ijarasi bo‘yicha kelishib oldi

Futbol
1 sentabr, 12:58
Portugaliya klubi «shaharliklar» bilan hujumkor yarimhimoyachi Klaudio Echeverri ijarasi borasida kelishib olishdi.
«Benfika» «Man Siti» bilan yarimhimoyachi ijarasi bo‘yicha kelishib oldi
Foto: Gettyimages

Mashhur jurnalist va insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, klublar to‘liq kelishuvga erishgan. 20 yoshli futbolchi «Benfika» safiga ijara huquqi asosida borib qo‘shiladi. Futbolchi maoshini ham to‘liqligicha Lissabon klubi to‘laydi. Kelishuvda futbolchini sotib olish huquqi borasida ham band mavjud. Echeverri Portugaliyaga bugunoq yo‘l oladi. Ehtimoliy sotib olish huquqi summasi borasida ma’lumot ochiqlanmayapti.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» Echeverrini «River Pleyt»dan 2024 yil yanvarida sotib olgan, ammo argentinalik yana bir yil yurtida qolgan edi. Shuningdek Klaudio «Bayer» va «Jirona» safida ijarada ham to‘p tepgan.

Bugungi yangiliklar