Live
1
O'zbek

“Nyukasl” Pardo transferini eʼlon qildi

Futbol
1 sentabr, 12:40
21 yoshli hujumchi “Lill”ning oʻtgan mavsumdagi eng yaxshi toʻpurari va assistenti sanaladi.
“Nyukasl” Pardo transferini eʼlon qildi
Foto: Newcastle

“Nyukasl” Matias Fernandes Pardo transferini eʼlon qildi.

Belgiyalik 21 yoshli hujumchi “Lill”dan Angliya klubiga oʻtdi.

Transfer qiymati 60 million yevroni tashkil etdi. Yana 5 million yevro bonuslar ham bor.

Pardo oʻtgan mavsumda Liga 1 doirasida 29 ta oʻyinda maydonga tushib, 8 ta gol urgan va 5 ta golga assistentlik qilgan. U Haukon Haraldsson bilan “Lill”ning eng yaxshi toʻpurari, Feliks Korreyya bilan esa eng yaxshi assistentga aylangandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nyukasl Nyukasl
  • Lille Lille
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar