Live
1
O'zbek

“Napoli” va “Inter” sobiq himoyachisi Jezus “Venetsiya”ga oʻtdi

Futbol
1 sentabr, 11:45
Braziliyalik futbolchi A Seriyadagi faoliyatini davom ettiradi.
“Napoli” va “Inter” sobiq himoyachisi Jezus “Venetsiya”ga oʻtdi
Foto: Venezia

Himoyachi Juan Jezus “Venetsiya”ga erkin agent sifatida qoʻshildi.

35 yoshli futbolchi yangi jamoasi bilan 2026/27 yilgi mavsum oxiriga qadar shartnoma imzoladi. Muayyan shartlar bajarilgan taqdirda kelishuv yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.

Iyul oyida braziliyalik futbolchi “Napoli”ni tark etib, erkin agentga aylangandi. Italiyada Jezus “Inter” va “Roma” klublari tarkibida ham harakat qilgan.

Himoyachi A Seriyada jami 280 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan va 2 ta golli uzatma amalga oshirgan. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar ligasida 24 ta, Yevropa ligasida 37 ta va Braziliya milliy jamoasi safida 4 ta oʻyin bor.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Venezia Venezia
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar