“Lill” “Feyenoord” hujumchisi Ayase Uedani sotib oldi.
Yaponiya milliy jamoasining 28 yoshli hujumchisi “Lill” bilan 2030 yil yoziga qadar moʻljallangan shartnoma imzoladi. U klub tarixidagi birinchi yapon futbolchisi boʻldi.
Fabritsio Romano maʼlumotiga koʻra, “Lill” Niderlandiya chempionatining eng yaxshi toʻpurari uchun 15 million yevro toʻladi.
Ueda oʻtgan mavsumda Erediviziyada 31 ta oʻyinda 25 ta gol urgan. 2026 yilgi Jahon chempionatida esa u 4 ta oʻyinda 2 ta gol va 1 ta assist qayd etdi.
Yaponiya milliy jamoasi hujumchisi “Lill”ga oʻtdi
Futbol
1 sentabr, 10:49
U Fransiya klubi tarixidagi birinchi yaponga aylandi.
Foto: LOSC