Live
11
O'zbek

«Hall Siti» Fofanaga 35 mln yevro taklif qildi

Futbol
29 avgust, 05:27
Angliya klubi «Lion» hujumchisini transfer qilish uchun rasmiy taklif yubordi.
«Hall Siti» Fofanaga 35 mln yevro taklif qildi
Foto: Getty Images

«Hall Siti» «Lion» hujumchisi Malik Fofanani transfer qilishga qiziqmoqda. Jurnalist Santi Aunaning xabar berishicha, «yo‘lbarslar» 21 yoshli belgiyalik futbolchi uchun 35 mln yevrolik taklif yuborgan.

«Hall Siti» hozir «Lion» va futbolchi vakillarining javobini kutmoqda. Avvalroq Fofanaga «Roma» qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, Fofana «Lion» safida 2024 yil yanvaridan beri to‘p tepmoqda. Hujumchi ushbu davrda 83 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol va 6 ta assist qayd etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Hall Siti Hall Siti
  • Lille Lille
Bugungi yangiliklar