«Tottenhem» «Benfika» darvozaboni Anatoliy Trubinga qiziqish bildirmoqda. Britaniyalik insayder Pol O'Kifning yozishicha, London klubi futbolchini darvozabonlar pozitsiyasini kuchaytirish uchun variant sifatida ko‘rib chiqmoqda.
Manbaga ko‘ra, «Tottenhem» Trubin bo‘yicha vaziyatni o‘rganib chiqqan, biroq uning transferi amalga oshishi hozircha aniq emas. «Benfika» ukrainalik darvozabonni 30 mln yevroga qo‘yib yuborishga tayyor.
Hozir «Tottenhem» safida Antonin Kinski, Martin Dubravka va Brendon Ostin bor. Gulyelmo Vikario esa yozda «Yuventus»ga ijara asosida o‘tdi.
Ma’lumot uchun, Trubin «Benfika» safida 2023 yil yozidan beri to‘p tepmoqda. Ushbu mavsumda u jamoaning 7 ta uchrashuvidan 2 tasida maydonga tushib, 2 ta gol o‘tkazib yubordi va bir marta darvozasini daxlsiz saqladi.