25-avgust kuni «Tottenhem» matbuot xizmati 22 yoshli braziliyalik «Manchester Siti»dan sotib olinganini rasman e’lon qildi.
Futbolchining o‘zi ushbu transfer haqida shunday fikr bildirdi:
«Men bu yerga kelganimdan, dunyodagi eng yaxshi murabbiylardan biri qo‘l ostida ushbu buyuk klubda o‘ynash imkoniyatiga ega ekanligimdan juda xursandman. Murabbiy bilan gaplashishim bilan bu yerga kelishim kerakligini tushundim. U menga eng yuqori darajaga chiqishimda yordam bermoqchiligini aytdi. Ishonchim komilki, biz buni uddalaymiz», — dedi Savinio klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, «Tottenhem»ning navbatdagi o‘yini ertaga, 26-avgust kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Shu kuni londonliklar Angliya Liga Kubogi ikkinchi bosqich doirasida «Charlton»ni qabul qiladi.