Live
1
O'zbek

«Lokomotiv»ga DXSH loyihasi doirasida yangi maydonlar topshirildi

Futbol
25 avgust, 08:21
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi tabiiy va sun’iy chimli futbol maydonlari rekonstruksiyadan so‘ng foydalanishga topshirildi.
«Lokomotiv»ga DXSH loyihasi doirasida yangi maydonlar topshirildi
Foto: Lokomotiv PFK

2025-yil 21-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda «Lokomotiv» PFK o‘rtasida Davlat-xususiy sheriklik (DXSH) loyihasini amalga oshirish bo‘yicha bitim imzolangan edi.

Mazkur kelishuv asosida Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 2-son sport maktabi hududida joylashgan tabiiy va sun’iy chimli futbol maydonlari bir yildan ortiq vaqt davomida to‘liq rekonstruksiya qilindi.

25 avgust kuni bo‘lib o‘tgan ochilish marosimida Sport vazirligi va tuman hokimligi vakillari, futbol mutasaddilari hamda klub rahbariyati ishtirok etdi. Tadbir doirasida an’anaviy lenta qirqish marosimi ham o‘tkazildi.

Marosimda «Lokomotiv» futbol maktabi tarbiyalanuvchilari va 2-son sport maktabining yosh sportchilari ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etdi.

Ma’lumot uchun, har ikki maydon «Lokomotiv» PFK bosh homiysi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning moliyaviy ko‘magida ta’mirlandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent
Bugungi yangiliklar