Bugun
31
O'zbek

Mirko Yelichich: “Har bir raqibga alohida yondashish talab etiladi”

Eksklyuziv
21 avgust, 02:47
“Lokomotiv” ustozi “Xorazm”ga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Mirko Yelichich: “Har bir raqibga alohida yondashish talab etiladi”
Фото: Локомотив ПФК
20.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Xorazm Xorazm 1 : 3 Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent

“Lokomotiv” klubi Urganchda “Xorazm”ga qarshi maydonga tushdi. Qiyin va qiziqarli o‘tgan uchrashuvda mehmonlar 1:3 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yindan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Mirko Yelichich o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Hammayoq joyida. Biz ularni oldindan bilardik — bu murosasiz jamoa, oxirigacha kurashadi. Ayniqsa, o‘z maydonida juda qattiq o‘ynaydi. Biz esa sun’iy maydonda o‘ynashga allaqachon ko‘nikib qolganmiz, shu jihatni ham hisobga olishimiz kerak edi. O‘tgan haftadagi og‘ir vaziyatimiz ham bor edi. Qolaversa, bu o‘yin baribir bizga ko‘p narsa beradi.
Bugun yaxshi jamlashib, yaxshi o‘yin ko‘rsata olganimiz va juda muhim bo‘lgan uch ochkoni qo‘lga kiritganimiz men uchun juda quvonarli bo‘ldi.

- Keyingi o‘yin haqida rejalaringiz qanday? Qanday tayyorgarlik ko‘rasiz?

— Har bir raqib — boshqa raqib. Har bir raqibga alohida yondashish talab etiladi: yangi raqib, yangi tizim, yangi reja. Hozir ham huddi shunday bo‘ladi. “Bunyodkor”da hozir biroz og‘ir kayfiyat bor, albatta. Biz uchun esa hozir o‘z maydonimizda o‘ynash yoqimli. Qolaversa, ketma-ket ikkita o‘yinni safarda o‘tkazdik.

O‘ylaymanki, yaxshi o‘yin bo‘ladi. Menga “Bunyodkor”ning qanday o‘ynashi, ularning intizomi va o‘yin sifati ham yoqadi. Shuning uchun, baribir, juda qiyin va qiziqarli uchrashuv bo‘ladi, deb o‘ylayman”, - deya bosh murabbiyning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Xorazm Xorazm
  • Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar