«Bavariya» klubi ustozi Vensan Kompani Germaniya Superkubogi uchun Dortmundning «Borussiya»siga qarshi bo‘lajak bahs haqida gapirdi.
Ma’lumot uchun, mazkur bellashuv 22-avgust kuni «Dortmund» maydonida bo‘lib o‘tadi.
«Men muhimlilik darajasiga ko‘ra, sovrinlarni ajratmayman. Ochig‘ini aytsam, ularni hammasini yutishni istaymiz. Ertaga bizni final kutib turibdi.
Germaniya Superkubogi uchun o‘yin safarda? Bu meni tashvishga solayotgani yo‘q, bu ham Germaniyadagi o‘ziga xos an’ana [amaldagi chempion mamlakat Superkubogi uchun o‘yinni safarda o‘tkazadi]. Dortmundda sovrinni qo‘lga kiritsak ajoyib ish bo‘lardi. Balki muxlislar nisbati 50/50 bo‘lsa, bu finalga ko‘proq mos bo‘lardi. Ammo o‘ylashimcha, Dortmundga qilingan safarda titul yutish bu ajoyib holat. Biroq bu qiyin vazifa. «Borussiya»ning kuchi va sifati yuqori darajada. Bundesligada ulardan ko‘ra jiddiyroq raqib bo‘lmasa kerak», — deya Kompani so‘zlaridan iqtibos keltiradi Myunxen klubi rasmiy sayti.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi