Live
2
O'zbek

Musiala Germaniya superkubogini o'tkazib yuboradi

Futbol
21 avgust, 03:46
"Bavariya" yarimhimoyachisi so'nggi ikki o'rtoqlik o'yinida o'zini yomon his qilgandi.
Musiala Germaniya superkubogini o'tkazib yuboradi
Foto: Getty Images
22.08.2026, 14:30 Germaniya Superkubogi Borussiya D Borussiya D - : - Bavariya Bavariya

"Bavariya" yarimhimoyachisi Jamol Musiala Germaniya superkubogi doirasida Dortmundning "Borussiya"siga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi. Bu haqda Bild va Tz xabar berdi.

Jamoalar sovrin uchun shanba kuni Toshkent vaqti bilan 23:30 da bahs olib borishadi.

Avvalroq "Leyptsig" va "Haydenhaym"ga qarshi o'tkazilgan so'nggi ikki bellashuvda ham 23 yoshli futbolchining ahvoli yomonlashgan, unga tibbiy yordam ko'rsatilgan va u almashtirilgandi.

Germaniyalik futbolchining aytishicha, unga nevrologik disfunksiya sabab yuzaga keladigan, qisqa muddatli va oson davolanadigan tashxis qo'yilgan.

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani superkubok uchun tarkibni juma kuni rasmiy e'lon qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Borussiya D Borussiya D
  • Bavariya Bavariya
  • Germaniya Superkubogi Germaniya Superkubogi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar