Live
2
O'zbek

“Atletiko” Alvares bo‘yicha “Arsenal” bilan muzokara o‘tkazishga rozi

Futbol
21 avgust, 04:28
“Barselona”ning takliflari esa ko‘rib chiqilmaydi.
“Atletiko” Alvares bo‘yicha “Arsenal” bilan muzokara o‘tkazishga rozi
Foto: Getty Images

“Atletiko” Xulian Alvaresning kelajagi borasida o‘z pozitsiyasini biroz o‘zgartirdi.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Madrid klubi rahbariyati 26 yoshli hujumchining “Arsenal”ga transferi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga rozi. Biroq klub hanuzgacha “Barselona”ning takliflarini ko‘rib chiqmaslikka qat’iy qaror qilgan.

Argentinalik futbolchining o‘zi esa aynan kataloniyaliklar safiga o‘tishni istamoqda. U hali ham “Barselona”ning asosiy transfer maqsadi bo‘lib qolmoqda.

Alvares avvalgi mavsumda La Ligada 29 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urgani va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgani aytilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Barselona Barselona
  • Arsenal Arsenal
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

45+ izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar