Live
2
O'zbek

"Brayton" Minteni "Liverpul"ga 50 mln funtga sotmadi

Futbol
21 avgust, 04:51
Mersisaydliklar gambyalik vinger transferi bo'yicha rad javobini olishdi.
"Brayton" Minteni "Liverpul"ga 50 mln funtga sotmadi
Foto: Getty Images

"Brayton" Yankuba Minteni "Liverpul"ga qo'yib yuborishdan bosh tortdi.

The Athletic ma'lumotiga ko'ra, "qizillar" 22 yoshli vinger uchun 50 million funt taklif qilgan, ammo "chaykalar" bunga rozi bo'lmagan.

Hozirda Minte "Roma"ga qarshi o'rtoqlik bahsida olgan jarohati va o'tkazgan operatsiyasidan keyin tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda. U yana taxminan 8 hafta maydonga tusha olmasligi kutilmoqda. Shu bilan birga, transfer shartlari bo'yicha tomonlar kelishib olsa, futbolchi jamoasini o'zgartirishga tayyor.

O'tgan mavsumda gambiyalik futbolchi APLda 34 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urg'an va 4 ta golga assistentlik qilgan.

Ma'lumot uchun, "Brayton" Minteni 2024 yil yozida "Nyukasl"dan deyarli 35 million funtga sotib olgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Brayton Brayton
  • AFC Liverpool AFC Liverpool
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar