"Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager jamoaning yangi mavsumdagi imkoniyatlari haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Bu mavsumda "Liverpul" qiziqarli jamoa bo'ladi. Barchasi qanday kechishi, ular qaysi futbolchilarni tarkibiga qo'shishi va mavsumni qanday o'tkazishi menga juda qiziq.
"Liverpul"ning maydonda hujumkor futbolchilari juda ko'p, ular doimo oldinga intilishni xohlashadi. Mavsumoldi o'yinlarida ham xuddi shu holat kuzatilmoqda — bu futbol emas, go'yo basketbol.
Ammo hech bir top-jamoa futbolni bunday tarzda o'ynamaydi. Men bunday o'yinga ishonmayman", — dedi Karrager The Overlap Fan Debate dasturi efirida.
Karrager: "Liverpul" go'yo basketbol o'ynamoqda. Bu top-jamoaga xos belgi emas"
Futbol
17 avgust, 12:08
Mersisaydliklar sobiq himoyachisining fikricha, jamoani yangi mavsumda kuzatish qiziq bo'ladi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi