UFC’ning yarim o'rta vazn toifasida sobiq chempionlikka da'vogar, hozirda esa PFL Europe’da jangchilar bilan ishlash bo'limi rahbari, sharhlovchi va bosh tahlilchi bo'lib faoliyat yuritayotgan britaniyalik Den Hardi 77 kg gacha bo'lgan vaznda UFC chempioni hisoblangan, rossiyalik Islom Maxachevni o'z jang uslubiga o'zgartishlar kiritishga chaqirdi.
«Shubhasiz, yarim o'rta vazndagi jangchilarni 25 daqiqa davomida nazorat qilish ancha qiyin. O'ylaymanki, Maxachev buni so'nggi jangida anglab yetdi… Unga qiyinroq bo'ladi. Birinchi qatorda jangni kuzatib, unga qarshi chiqishga tayyor turgan boshqa yigitlarga qarang. Ularning hech biri bilan jang Maxachev uchun oson kechmaydi. Ularning barchasi nafaqat Islomning o'zidan, balki Gerridan ham yirikroq.
Maxachev shunday vazn toifasiga o'tdiki, bu yerda jangchilar — bu so'zlarni juda aniq ta'kidlab aytyapman — 7 kg og'irroq vaznga ega. Ular avvalgi vazndagilarga qaraganda mushakdor va gavdalroq. Bo'yi 188-193 sm bo'lgan raqiblarga qarshi jang qilasiz. Bu yarim o'rta vazn jangchilarining ayrimlari haqiqatan ham keng va katta yelkalar, uzun qo'l va oyoqlarga ega. Ularni yiqitish qiyin, chunki doimo tayanch uchun biror bir a'zosi topiladi.
Maxachev o'z jang uslubini o'zgartirishi kerak. Agar u yarim o'rta vaznda qolib, chempionlik kamarini himoya qilishga harakat qilsa, menimcha, aynan shu yerga moslashadi. U matonat va chidamlilikka ancha ko'proq tayanadi, deb o'ylayman. Merab Dvalishvili diviziondagi pastroq bo'yini aynan shu jihat bilan qoplagan. U raqiblarini shunchaki ancha ko'proq ishlashga majbur qilardi. Volkanovskida ham huddi shunday. Bu ikki jangchidan o'rganish mumkin bo'lgan jihatlar ko'p — ular bo'y jihatdan kichikroq bo'lishgan, ammo kuchli tomonlari asosida jang uslubini yaratishgani uchun shunday samarali bo'lishgan», — deya Hardining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda MMA Mania portali.
UFC sobiq jangchisi: «Maxachev uslubini o'zgartirishi kerak. Unga yarim o'rta vaznda oson bo'lmaydi»
MMA
17 avgust, 09:48
Den Hardining fikricha, rossiyalik jangchi past bo'yli ayrim atletlardan namuna olishi kerak.
Foto: Getty Images