Bugun
23
O'zbek

"Chelsi" Pedru Netuga narx belgiladi

Futbol
17 avgust, 07:24
Portugaliyalik 26 yoshli futbolchiga "Al Hilol" klubi qiziqish bildirmoqda.
"Chelsi" Pedru Netuga narx belgiladi
Фото: Getty Images

"Chelsi" hujumchisi Pedru Netu yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda GiveMeSport nashri xabar berdi.

Portugaliyalik 26 yoshli futbolchiga "Al Hilol" klubi qiziqish bildirmoqda. London klubi esa Netu uchun 117 million yevro talab qilmoqda.

Avvalroq unga "Manchester Siti" ham qiziqish bildirilayotganini haqida xabarlar tarqalgan edi. Shu sabab uning kelajagi yozgi transfer oynasining qolgan qismida muhokama qilinishi kutilmoqda.

Ma'lumot uchun, Pedru Netu o'tgan mavsum "Chelsi" safida barcha turnirlar doirasida 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 9 ta assistni qayd etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar