Insayder Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, 28 yoshli himoyachi yozgi transfer oynasi vaqtida «Chelsi»ni tark etishga tayyor.
Adarabioyoga so‘nggi kunlarda A Seriyaning ikki klubidan taklif kelgan. Biroq transferdagi asosiy muammo futbolchining yuqori maoshi bo‘lib turibdi. U London klubida yiliga 6 million yevro ishlab topadi va bu italiyalik klublar uchun juda katta summa hisoblanadi.
Adarabioyo o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 29 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
Himoyachining «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi. Transfermarkt uning bozor qiymatini 16 million yevroga baholamoqda.