Live
5
O'zbek

Alonso: «Muxlislar jamoani, yangi murabbiylar shtabi va shaxsan meni juda yaxshi kutib olishdi»

Futbol
16 avgust, 07:35
«Chelsi» bosh murabbiyi «Real Sosyedad»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan so‘ng jamoa muxlislari haqida gapirib o‘tdi.
Alonso: «Muxlislar jamoani, yangi murabbiylar shtabi va shaxsan meni juda yaxshi kutib olishdi»
Foto: Getty Images

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso «Real Sosyedad»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi (3:1)dan so‘ng jamoa muxlislari haqida gapirib o‘tdi.

«Bu tayyorgarlik doirasidagi so‘nggi o‘yin uchun juda yaxshi bahs bo‘ldi. Ayrim futbolchilar uchun u bir vaqtning o‘zida mavsumoldi tayyorgarligidagi birinchi va so‘nggi uchrashuvga aylandi.

Yaxshi jihatlar bo‘ldi. Shuningdek, yaxshilashimiz mumkin bo‘lgan tomonlar ham bor. Bu bosqichda bu oddiy hol.

Nihoyat butun jamoa birga yig‘ilgani juda yaxshi. Ayrim futbolchilar uch kunlik mashg‘ulotdan so‘ng 60 daqiqadan o‘yin o‘tkaza olishdi. Bu so‘nggi sinov edi.

Endi «Fulhem» bilan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun bir haftamiz bor. Shu bilan birga, o‘z stadionimizdagi taassurotlar juda o‘zgacha bo‘ldi. Muxlislar jamoani, yangi murabbiylar shtabi va shaxsan meni juda yaxshi kutib olishdi, shuning uchun juda xursandman.

Biz muxlislar bilan yaxshi aloqa o‘rnatishni va ularning qo‘llab-quvvatlashini his qilishni xohlaymiz. Ularga chiroyli futbol namoyish etishni istaymiz», — dedi Alonso.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Real Sociedad Real Sociedad
  • Klub o‘rtoqlik o‘yinlari Klub o‘rtoqlik o‘yinlari
Bugungi yangiliklar