"Bavariya" yangi mavsum oldidan "Leyptsig"ga qarshi o'rtoqlik bellashuvida maydonga tushdi. Unda Myunxen klubi 3:1 hisobida g'alaba qozondi.
Dastlab 11-daqiqada Luis Dias hisobni ochdi. 53-daqiqada esa Brayan Gruda muvozanatni tikladi. 58-daqiqada myunxenliklar himoyachisi Nataniel Braun "Bavariya"ni yana oldinga olib chiqdi. Bellashuvdagi so'nggi gol 81-daqiqada yarimhimoyachi Jamol Musiala hisobiga yozildi.
Ma'lumot uchun, "Bavariya" o'tgan mavsumda Bundesligada chempionlikni qo'lga kiritgan edi.
O'rtoqlik bellashuvi
Bavariya – Leyptsig 3:1
Gollar: Luis Dias 11, Braun 58, Musiala 81 – Gruda 53
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi