Turkiyalik jurnalist Burxon Terzi Germaniya milliy jamoasi va "Bavariya" yarim himoyachisi Jamol Musiala haqida yolg'on ma'lumot tarqatgani sababli qo'lga olindi. Bu haqda Halk TV xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Terzi Musialani "Galatasaroy"ga o'tishi haqida haqiqatga yaqin bo'lmagan xabarlarni tarqatgan. Natijada jurnalist politsiya bo'limiga olib borilib, undan ko'rsatma olingan. Ma'lum qilinishicha, bu jarayon Terzi sport jamoatchiligini ataylab chalg'itgani haqida futbol muxlislari tomonidan qilingan murojaatlardan so'ng boshlangan.
Ma'lumot uchun, Musiala 2020 yil yozidan buyon "Bavariya" sharafini himoya qilib kelmoqda. U Myunxen klubi safida barcha turnirlarda 231 ta o'yin o'tkazib, 69 ta gol va 45 ta golli uzatma qayd etgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi